
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 doirasida Ekvadordan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U bu haqda o‘yindan keyingi matbuot anjumanida gapirib o‘tdi.
"Biz o‘yinni ajoyib boshladik. Afsuski, gol urganimizdan so‘ng darhol pozisiyalarni o‘zgartirib, taktik o‘z-o‘zini o‘ldirish bilan shug‘ullanishni boshladik. Bu vaziyatni qiyinlashtirib yubordi.
Ekvador bu bahsga borini berdi va bu yaqqol ko‘rinib turdi. Ammo mening o‘yinchilarimdan kimdir maydonda bor kuchini bermadi, deb ayta olmayman.
Mag‘lubiyat hech qachon yaxshi bo‘lmaydi, hatto mana shunday ahamiyatga ega o‘yinda ham. Biz bundan to‘g‘ri xulosa (saboq) chiqaramiz va oldinga intilamiz. Biz bundan saboq olishimiz va o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, shu bilan birga kelajakka ham boqishimiz lozim.
Endi keyingi bosqichga yo‘l olish uchun 1/16 final uchrashuvida bor kuchimizni ishga solish muhim ahamiyatga ega", — dedi Nagelsmann.