Xames JCH-2026 doirasidagi Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan Ronaldu haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 08:55
  • 73
  • 30

Kolumbiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Xames Rodriges Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kolumbiyaliklar va portugaliyaliklar JCH-2026 guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan to‘qnashuvda o‘zaro bahs olib borishadi.

"Krishtianu har doim g‘alabalar va gollarga o‘ch bo‘lgan. Portugaliya terma jamoasi to‘liq tarkibda juda ajoyib ko‘rinmoqda. Bizni super o‘yin kutyapti", — deya o‘tmishda Ronaldu bilan birga Madridning "Real" klubida to‘p surgan Xamesning so‘zlarini Al Nassr Zone nashri keltiradi.

Kolumbiya terma jamoasi ikki turdan so‘ng 6 ochko bilan "K" kvarteti turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Portugaliya esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar