
Kadzuyosi Miura professional faoliyatidagi 42-mavsumini o‘tkazadi.
Yaponiyaning uchinchi kuchli divizionida to‘p suruvchi "Fukusima Yunayted" klubi transfer huquqi "Yokogama"ga tegishli bo‘lgan 59 yoshli futbolchining ijara muddati uzaytirilganini e’lon qildi.
Kelishuv keyingi yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Miura faoliyati davomida Braziliya, Italiya, Xorvatiya, Avstraliya va Portugaliya klublarida to‘p surgan. Yaponiya terma jamoasi safida esa u 89 ta uchrashuvda maydonga tushib, 55 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘tgan mavsumda Kadzuyosi 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.