Afrikalik shaman Jahon chempionini aytdi: "Bu turnir Ronaldu uchun"

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 19:22
  • 522
  • 30

Ganalik shaman Nana Nvaku Bonsam ushbu Jahon chempionatida Xarri Keynga afsun qilgani bilan mashhur bo‘lib ulgurdi. Bu afsun forvardning o‘yiniga qanchalik ta’sir qilganini har kim o‘zi hal qilishi mumkin, biroq fakt shundaki, Angliya Ganani mag‘lub eta olmadi (0:0), Keyn esa qulay vaziyatlarni golga aylantira olmadi.

Endilikda shaman joriy Jahon chempionatida g‘olib chiqadi deb hisoblayotgan jamoasi nomini ma’lum qildi.

"Bu Jahon chempionati — Portugaliya va Krishtianu Ronalduniki. Ular unda g‘alaba qozonishadi", — deya Bonsamning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Gruh bosqichining ortda qolgan ikki turida Portugaliya terma jamoasi Kongo DR bilan durang (1:1) va O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alaba (5:0) evaziga to‘rt ochko jamg‘argan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar