Vinisius JCHda braziliyalik to‘rt afsonaning noyob natijasini takrorladi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 04:11
  • 1703
  • 30

Vinisius Junior JCH-2026 doirasida Braziliya terma jamoasi safida navbatdagi gollarini urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gal Shotlandiya terma jamoasi uning qurboniga aylandi.

Madridning «Real» klubi hujumchisi uchrashuvning 7-daqiqasidayoq hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida «selesao»ning ustunligini ikki barobarga oshirib, dubl qayd etdi.

Opta statistika portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius jahon chempionatlari tarixida guruh bosqichining barcha uchta uchrashuvida gol urishga erishgan Braziliyaning beshinchi futbolchisiga aylandi.

Bungacha bunday noyob ko‘rsatkichni faqatgina afsonaviy Jairzinyo (1970 yil), Romario (1994 yil), shuningdek, Rivaldo va Ronaldo (har ikkisi — 2002 yil) qayd eta olgan edi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu futbolchilar ketma-ket gollar urgan yuqoridagi barcha mundiallarda Braziliya terma jamoasi yakunda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar