Braziliya yirik hisobda g'alaba qozondi, Gaiti va Marokash o'rtasidagi uchrashuvda 6 ta gol kiritildi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 07:48
  • 489
  • 30

JCH-2026 musobaqasining "C" guruhi yakunlandi.

So'nggi Turda Braziliya Shotlandiyaga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Braziliya tarkibida Neymarning maydonga tushganini alohida takidlash lozim.

Guruhning ikkinchi bahsida esa Marokash va Gaiti o'rtasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Afrika jamoasi 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Shu tariqa, ushbu guruhda Braziliya 7 ochko bilan birinchi o'rinda pley-offga yo'l oldi. Shuncha ochko to'plagan Marokash esa ikkinchi bo'ldi. Shotlandiya hisobida 3 ochko va ular guruhni 3-o'rinda yakunlashdi. Gaiti esa 0 ochko bilan guruhni 4-o'rinda tugatishdi.

JCH-2026. S guruhi. 3-tur
Shotlandiya – Braziliya 0:3
Gollar:
Vinisius 7, 45+3, Kunya 60

Marokash – Haiti 4:2
Gollar:
Hakimiy 39, Saybari 45+1, Rahimi 78, Yassin 89 - Jozef 10, Izidor 43

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar