
Musobaqa mezbonlaridan hisoblanmish Meksika so'nggi turda Chexiyaga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi uchashuvda esa Janubiy Koreya JARga qarshi maydonga tushdi. Bahs afrikaliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"A" guruhida Meksika 100 foizlik natija bilan guruhda birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rindan esa JAR terma jamoasi joy oldi. Afrikaliklar ushbu guruhda 4 ochko to'plashdi. Janubiy Koreya termasi jamoasi 3 ochko bilan guruhda uchinchi bo'lishgan bo'lsa, chexiyaliklar o ochko bilan guruhda so'nggi o'rinni egallashdi.
JCH-2026. A guruhi. 3-tur
Chexiya - Meksika 0:3
Gollar: Chaves 55, Kinones 61, Fidalgo 90+4
JAR - Janubiy Koreya 1:0
Gol: Maseko 63.