Alaybegovich JCH-2026da gol urib, Messi va Yamalni ortda qoldirdi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 03:00
  • 394
  • 30

Qatar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘lgan Bosniya va Gersegovina terma jamoasi hujumchisi Kerim Alaybegovich jahon chempionatlari tarixida gol urgan eng yosh futbolchilar kuchli o‘ntaligidan joy oldi. Bu haqda Opta Sports statistika portali xabar bermoqda.

Mazkur bahs bo‘lib o‘tgan kunda 18 yoshu 276 kunlik bo‘lgan bosniyalik iqtidor bu ko‘rsatkich bo‘yicha Lamin Yamal (18 yosh 343 kun) va Lionel Messini (18 yosh 357 kun) ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng yosh gol mualliflarining ayni paytdagi TOP-10 ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga ega:

  1. Pele (Braziliya) — 17 yosh 239 kun

  2. Manuel Rosas (Meksika) — 18 yosh 93 kun

  3. Gavi (Ispaniya) — 18 yosh 110 kun

  4. Ibrahim Mbaye (Senegal) — 18 yosh 143 kun

  5. Maykl Ouen (Angliya) — 18 yosh 190 kun

  6. Nikolaye Kovach (Ruminiya) — 18 yosh 197 kun

  7. Dmitriy Sichyov (Rossiya) — 18 yosh 231 kun

  8. Kerim Alaybegovich (Bosniya va Gersegovina) — 18 yosh 276 kun

  9. Lamin Yamal (Ispaniya) — 18 yosh 343 kun

  10. Lionel Messi (Argentina) — 18 yosh 357 kun

Ma’lumot uchun, Alaybegovich hozirgi vaqtda Avstriyaning «RB Zalsburg» klubi sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi shu yilning 1 iyul kunidan e’tiboran Germaniyaning «Bayer» klubi safiga borib qo‘shiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar