Shveysariya – Kanada uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 02:55
  • 138
  • 30

Jahon chempionati doirasida Shveysariya va Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda «alp tog‘liklar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, «V» kvartetida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Kanaliklar esa mag‘lubiyatga qaramay, ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Mazkur bahsning eng yaxshi futbolchisi deb Shveysariya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Yoxan Manzambi e’tirof etildi. 20 yoshli futbolchi jamoasining har ikkala golida bevosita ishtirok etdi: dastlab u golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, keyinroq o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, Yoxan Manzambiga eng yaxshi futbolchi uchun beriladigan maxsus sovg‘a topshirildi.

Ma’lumot uchun, Manzambi klub miqyosida Germaniyaning «Frayburg» jamoasi sharafini himoya qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar