
Qatar milliy terma jamoasi jahon chempionatlarida u qadar katta bo‘lmasa-da, ma’lum bir tajribaga ega bo‘lib bormoqda. Qatarliklar 2022 yili o‘z tarixida ilk bor mundialda debyut qilishgan edi. O‘shanda jamoa saralash bosqichida qatnashmagan, chunki turnir Qatarning o‘zida bo‘lib o‘tgandi.
2022 yilgi uy mezbonligidagi dunyo birinchiligida Qatar terma jamoasi guruh bosqichidagi har uchala o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchragandi — Ekvador (0:2), Senegal (1:3) va Niderlandiya (0:2).
Oradan deyarli to‘rt yil o‘tib, qatarliklar JCH-2026da bundan sal yaxshiroq natija qayd etishdi — bitta ochkoni qo‘lga kiritishdi, biroq baribir kvartetda so‘nggi o‘rinni egallashdi. Jamoa dastlab Shveysariya bilan durang o‘ynadi (1:1), shundan so‘ng Kanada (0:6) va Bosniya va Gersegovinaga (1:3) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.