Barboza: «Ronaldu JCH 1/4 finalida Marokashga, Yevro 1/4 finalida Fransiyaga gol urmagandi, endi esa O‘zbekiston bilan o‘yinda qaytibdimi?»

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 01:33
  • 596
  • 30

Agent Paulu Barboza Krishtianu Ronalduning Jahon chempionatidagi o‘yiniga yuqori baho bermadi va uni biroz kamsitdi. Yulduz hujumchi O‘zbekistonga qarshi bahsda dubl qayd etdi va Portugaliya terma jamoasi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumki, final hushtagi yangraganidan so‘ng Ronaldu kameraga qarab bir necha bor: «Men qaytdim!» deya baqirdi. Bu uning Kongo DR bilan qayd etilgan durangdan so‘ng yangragan tanqidlarga bergan javobi edi.

Barboza Ronalduning o‘yini haqida fikr bildirar ekan, hujumchi terma jamoaning yirik turnirlardagi bundan oldingi muhim o‘yinlarida qayerda bo‘lgani haqidagi savolni o‘rtaga tashladi.

«U, masalan, JCH-2022 chorak finalida Marokashga gol urmagandi, Yevro-2024 chorak finalida Fransiya darvozasini ishg‘ol eta olmagandi. Endi esa O‘zbekiston bilan bahsda qaytibdimi? Mayli, yaxshi... Men piching qilayotganim yo‘q. Gol urganidan xursandman», — deya Barbozaning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».

Portugaliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 28 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar