
Chorshanba kuni Lionel Messi o‘z tug‘ilgan kunini nishonladi — argentinalik yulduzli hujumchi 39 yoshga to‘ldi.
«Barselona» klubi ham o‘zining sobiq futbolchisini tabrikladi. Kataloniya klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Messiga maxsus post bag‘ishladi. Lionel esa «ko‘k-anorranglilar»ning ushbu tabrigiga izoh qoldirish orqali munosabat bildirdi.
«Katta rahmat!» — deb yozdi Messi va matn oxiriga «Barselona» ranglaridagi (ko‘k va anorrang) ikkita yurakcha emblemasini joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan «Barselona»ning asosiy jamoasida deyarli 17 yil davomida to‘p surgan. 2021 yilda argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safini tark etgan edi — o‘shanda «ko‘k-anorranglilar» moliyaviy muammolar sababli unga yangi shartnoma taklif qila olishmagandi.