Runi Ronaldu haqida: «U egoist, chunki eng yaxshi bo‘lishni xohlaydi»

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 22:55
  • 30
  • 30

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi JCH-2026 doirasida O‘zbekistonga qarshi bahsda dubl qayd etgan Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bu turnirda gol urayotgan boshqa top-futbolchilar fonida qarasak, 41 yoshda jahon chempionatida dubl qayd etish — aqlbovar qilmas natija. Uni tanqid qilishdi va u ana shunday javob qaytardi. U butun faoliyati davomida shunday yo‘l tutgan.

U doimo o‘z ishining eng yaxshisi bo‘lishni istagan va har doim shunday bo‘lib kelgan. Agar boshqa hujumchilar gol ursa, u darhol to‘purarlar ro‘yxatining yuqorisiga chiqishni xohlaydi. Bu kabi reaksiyani undan kutsa bo‘ladi.

U egoist, chunki eng yaxshi bo‘lishni istaydi. Lekin shu bilan birga u jamoa uchun ham o‘ynaydigan futbolchi. Agar Messi va Ronalduga nazar tashlasangiz, ularning yoshi uchun qilayotgan ishlari shunchaki hayratlanarli, — dedi Runi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar