Ronaldu O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyin noyob rekord o‘rnatdi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 19:22
  • 65
  • 30

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2026 doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyin yana bir tarixiy natija qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldu mazkur bahsda 6 va 39-daqiqalarda gol urib, dubl muallifiga aylandi.

Opta statistika portali ma’lumotiga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi jahon va Yevropa chempionatlarini o‘z ichiga olgan yirik xalqaro musobaqalarning 11 tasida gol urgan tarixdagi birinchi yevropalik futbolchi bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldu eng yaqin ta’qibchilarini ancha ortda qoldirmoqda. Ikkinchi o‘rinni Yurgen Klinsmann, Miroslav Kloze va Jerdan Shakiri bo‘lishib turibdi. Ularning har biri jahon va Yevropa chempionatlarining oltitasida gol urgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar