
Ayni kunlarda AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida FIFA Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning 3-turidan o‘rin olgan Jazoir — Avstriya uchrashuvi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi.
Mazkur bahsni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Uchrashuv 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.