
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Portugaliyadan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘radi.
JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«0:5, yirik mag‘lubiyat. Shunga qaramay, biz maydonda bor kuchimizni berdik. Bunday raqiblarga qarshi ba’zan faqat harakatning o‘zi kamlik qiladi, omad ham kerak. Portugaliyada individual jihatdan juda kuchli o‘yinchilar juda ko‘p.
Yirik mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘raymiz. Biz Kongoga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz. Agar hammasi yaxshi kechsa, Kongoni mag‘lub etish uchun maydonga tushamiz», — dedi Shomurodov.