Marokash murabbiyi Braziliya haqida: «Ular o‘yinni kuchaytirishadi va JCHda uzoqqa borishadi»

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 13:55
  • 498
  • 30

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Vahbiy braziliyaliklar jahon chempionatida uzoqqa borishadi deb hisoblaydi.

Milliy jamoalar JCH-2026 1-turida durang (1:1) o‘ynashgan edi.

«Menimcha, Braziliya o‘z o‘yinini kuchaytiradi. Biz ularning Gaitiga qarshi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan ikkinchi uchrashuvini ko‘rdik va ular yanada o‘sishadi. Bu juda ko‘p kuchli tomonlarga ega jamoa. Biz ularga qarshi birinchi o‘yinda a’lo darajada harakat qildik, ammo ular istalgan soniyada xavf tug‘dira olishini ko‘rdik.

Shubhasiz, ular pley-off o‘yinlarida juda yaxshi kurashishadi va men ularning haqiqatan ham uzoqqa borishiga ishonaman. Chunki ularda juda jipslashgan jamoa, birgalikda juda yaxshi harakat qiladigan futbolchilar va o‘yin borishini o‘zgartira oladigan ikki yoki uch nafar ijrochi bor. Bundan tashqari, Karlo Anchelottining tajribasi ham bor, bu ham juda muhim (kuladi). Shu bois ular uzoqqa borishiga ishonaman», — dedi Vahbiy.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar