
Taniqli portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan, Xyustonda bo'lib o'tgan va Portugaliya terma jamoasining O'zbekiston ustidan 5:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.
G'oliblar tarkibida jamoa sardori Krishtianu Ronaldu dublga erishgan bo'lsa, Rafael Leau va Nunu Mendesh bittadan gol muallifiga aylanishdi. Shuningdek, Abduvohid Ne'matov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Ushbu g'alaba evaziga portugallar o'z ochkolarini 4 taga etkazib, so'nggi tur oldidan "K" kvarteti turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga kiritishdi.
- Bugun biz Kongo bilan o'yinga qaraganda biroz yaxshiroq harakat qildik, ammo O'zbekiston kuchsizlik qildi, - deya ta'kidladi Barboza.
- Ular avvalgi uchrashuvdagidan ko'ra zaifroq o'yin ko'rsatishdi. Bu g'alaba Kolumbiya bilan bahs oldidan bizni birinchi o'ringa olib chiqdi, biroq men katta xulosalar chiqarishga shoshilmagan bo'lardim. Kolumbiya bilan o'yinda bunchalik oson bo'lmaydi, chunki bu mutlaqo boshqa daraja. Nima bo'lgan taqdirda ham, g'alaba qozonganimiz yaxshi bo'ldi. Ronaldu ikkita gol urdi, bu hujumchi uchun juda ijobiy holat. Bizda hujum chizig'ida turli xil variantlar mavjud.