Anchelotti: «Neymar Shotlandiyaga qarshi o‘ynashi mumkin»

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 10:22
  • 468
  • 30

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Neymar JCH-2026 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Shotlandiyaga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi.

Uchrashuv 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da start oladi.

«Neymar o‘ynashi mumkin. U mashg‘ulotlarda ajoyib ishlamoqda va bahsga tayyor. Men undan juda mamnunman», — dedi Anchelotti. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 17 may kuni «Santos» safidagi uchrashuvda o‘ng oyoq boldir mushagidan jarohat olgani sababli JCH-2026 dagi dastlabki ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar