"Andijon" bugun Husanovning sobiq jamoasi bilan o'ynaydi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 08:40
  • 3789
  • 30

Islom Ahmedov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi Minsk yig'inini davom ettiryapti.

“Burgutlar” bugun mazkur yig'in doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvida maydonga chiqadi. Raqib - “SKA-1938” jamoasi.

Ushbu jamoa ayni paytda Belarus Birinchi divizionida ishtirok etmoqda. Hozirda chempionat davom etyapti va 18 klub qatnashayotgan musobaqada “SKA-1938” ikkinchi o'rinda boryapti. 12 ta turda 8 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan holda 28 gol urib, o'z darvozasidan 9 to'p o'tkazib yubordi hamda 27 ochkoga ega bo'lib turibdi. 21 iyun kuni 12-tur doirasida o'z maydonida “Yuni Minsk” jamoasini qabul qilgan “SKA-1938” 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Mahalliy 18 yoshli hujumchi Miron Koritko xet-trikka erishgan bo'lsa, yana bir 18 yoshli futbolchi Maksim Yaskevich o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi. E'tiborlisi, Miron Koritko ayni paytda 10 ta gol bilan jamoasining to'purari bo'lib turibdi. Klubga esa 53 yoshli mahalliy mutaxassis Aleksey Merkulov bosh murabbiylik qilib kelmoqda. U 2023 yilning may oyidan beri “SKA-1938” jamoasi bosh murabbiyi vazifasida. Ungacha murabbiy yordamchisi lavozimida ishlagan. Yana bir e'tiborli tarafi shundaki, O'zbekiston terma jamoasining yorqin yulduzlaridan biri Abduqodir Husanov o'z vaqtida ushbu klubda o'ynagan. Yani, “Energetik BGU” nomli jamoa sharafini himoya qilgan va keyinchalik nomi “SKA-1938” deb o'zgartirilgan.

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:00 da, Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar