Pochettino: «Chegarasiz orzu qilish kerak»

  • Mr.NoBoDy 18.06.2026 19:55
  • 144
  • 30

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasining ambisiyalari maksimal darajada bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi.

«Biz chegarasiz orzu qilishimiz kerak. Hech qanday cheklov qo‘ymaslik lozim. Agar men Oyga tegishni, Oyda bo‘lishni orzu qilsam, ehtimol, Oyga yaqinlasha olarman. Agar men shunchaki unga yaqinlashishni orzu qilsam, Yerning o‘zida qolib ketaman.

Bu juda kuchli fikr, shunday emasmu? Buni uddalay olishingga ishonish. Dastlab ongingda shakllanadigan fikrlar, yakunda haqiqatda namoyon bo‘lishini anglab yetish.

Qachonki biz chin dildan buyuk narsalar haqida orzu qilsak, bunga qalbimizni, his-tuyg‘ularimizni va harakatlarimizni bag‘ishlaymiz. Bu esa haqiqatni orzularimizga yaqinlashtiradi. Qaysidir ma’noda, haqiqat, eng avvalo, bizning ongimizda shakllanadi», — dedi Pochettino.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar