
Bugun, 18 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati «A» guruhi 2-turidan o‘rin olgan Chexiya va JAR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yin «Mersedes-Bens Stedium» (Atlanta, AQSH) stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuvni bosh hakam sifatida Tori Penso (AQSH) boshqarib boradi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da chalinadi.
Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:
Chexiya: Kovarj, Soufal, Granach, Kreychi, Golesh, Darida, Cherv, Sadilek, Soyka, Glojek, Shik.
JAR: Uilyams, Modiba, Mbokazi, Mudau, Okon, Mokoyena, Mbatxa, Adams, Appollis, Maseko, Reyners.
«A» guruhining 1-turida Chexiya Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi (1:2). Ushbu uchrashuv juma kuni, 12 iyunda bo‘lib o‘tgan edi. Bundan bir kun avval esa JAR terma jamoasi turnirning ochilish o‘yinida Meksika jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi (0:2). Guruh bosqichining yakuniy turida chexlar Meksika bilan kuch sinashishsa, janubiy afrikaliklar Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushishadi.