
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri Lionel Messining Aissa Mandiga nisbatan ishlatgan foli qizil kartochkaga loyiq emas deb hisoblaydi. JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Argentina terma jamoasi Messining xet-trigi evaziga Jazoirni 3:0 hisobida mag'lub etdi. O'yinning 31-daqiqasida, hisob Argentina foydasiga 1:0 bo'lib turgan vaziyatda, Messi ortdan kelib, shiplari bilan jazoirlik himoyachi Aissa Mandining boldiriga zarba berdi va raqibini yiqitdi. Uchrashuv bosh hakami Shimon Marchinyak argentinalik futbolchiga hatto sariq kartochka ham ko'rsatmadi, VAR esa aralashmadi.
"Bu kabi vaziyatlarni to'g'ri tahlil qilishda niyat juda muhim. Agar epizodni yana bir bor kuzatsak, Lionel Messi to'pga e'tibor qaratganini va kimgadir zarar etkazish emas, balki futbol harakatini amalga oshirishga urinayotganini aniq ko'rish mumkin. Ha, kontakt bor. Ha, bu noqulay ko'rinadi. Ammo har bir to'qnashuv ham qizil kartochka bilan jazolanmaydi", – dedi Anri Fox Sports efirida.