
«Spartak» klubi sobiq murabbiyi Andrey Yeshchenko JCH-2026 birinchi turi doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Kolumbiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.
«O‘zbeklarning tarkibi emas, ayniqsa «Manchester Siti»da o‘ynayotgan Husanov. Ular o‘zlarini ko‘rsatib, o‘zbek futbolini namoyish etishadi, deb umid qilaman», — deya Yeshchenkoning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress» nashri.
Mutaxassisning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasida Kolumbiyaga qarshi kurashish va hatto ularni mag‘lub etish uchun imkoniyatlar mavjud.
O‘zbekiston va Kolumbiya o‘rtasidagi uchrashuv payshanba, 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning ilk hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da chalinadi.