
Bugun Portugaliya JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida DR Kongo bilan o'ynaydi, o'yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Ronaldu uchun bu mundial faoliyatidagi oltinchisi hisoblanadi.
"Bu uning oltinchi Jahon chempionati, ammo shuni ayta olamanki, bosim, hissiyotlar va jamoaga yordam berish uning uchun qanchalik muhimligi bo'yicha u birinchisi bilan bir xil. U terma jamoa uchun hayotiy muhim o'yinchi, chunki u hujumni yakunlovchi, jarima maydoni ichidagi futbolchi va uning harakatlari boshqalar uchun bo'sh hududlar yaratishi mumkin. Uning statistikasi hujumimizdagi ahamiyatini ko'rsatib turibdi", – dedi Martines.