Portugaliya - DR Kongo. Tarkiblar ma'lum

  • Mr.NoBoDy 17.06.2026 20:48
  • 550
  • 30

Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati K guruhi 1-turidan o'rin olgan Portugaliya va DR Kongo terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

O'yin Xyuston shahridagi (AQSH) "En-Er-Dji Stedium" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvni boshqarib borish Abdulraxman Al-Jassimga (Qatar) ishonib topshirilgan.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Portugaliya: Koshta, Konselu, Arauju, Veyga, Mendesh, Nevesh, Vitinya, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Pedru Netu, Krishtianu Ronaldu.

DR Kongo: Mpasi-Nzo, Van-Bissaka, Tuanzebe, Kapyuadi, Mbemba, Masuaku, Mukau, Mutussami, Kayembe, Bakambu, Vissa.

K guruhi 2-turida Portugaliya terma jamoasi O'zbekiston (23 iyun), 3-turda esa Kolumbiya (28 iyun) bilan to'qnash keladi. DR Kongo 2-turda Kolumbiya (24 iyun), 3-turda esa O'zbekiston (28 iyun) bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар