
"Men juda xursandman va bor e'tiborimni o'yinga qaratganman. Albatta, ko'p narsaga erishmoqchi bo'lsak, musobaqani yaxshi boshlashimiz kerakligini bilamiz. Jamoamiz tinimsiz mehnat qilmoqda, ko'p yugurishimiz kerakligini tushunib turibmiz, barcha jamoalarning qanchalik shiddat bilan o'ynayotganini ko'rdik va biz bunga tayyormiz.
Biz yuz foiz muvaffaqiyat qozonish haqida o'ylayapmiz, chunki O'zbekiston g'alabaga chanqoq jamoa ekanligini bilamiz, bo'lajak bellashuv ular uchun Jahon chempionatidagi ilk o'yin sanaladi. Ular ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchrab kelishmoqda, lekin Jahon chempionatida buning ahamiyati yo'q, ular bor diqqat-e'tiborini g'alabaga qaratishgan.
Bugungi futbolda shiddat o'ta muhim ahamiyatga ega, birorta ham oson jamoa yo'qligini ko'rdik va maydonga xuddi finalda o'ynayotgandek tushishimiz kerak, chunki bu yerdagi har bir o'yin finalga teng.
O'zbekiston juda yaxshi o'yin namoyish etadi, tezkor jamoa, himoyadan hujumga o'tish fazalarida juda tez harakat qilishadi, shuning uchun bundan ehtiyot bo'lishimiz kerak. Albatta, to'p bizda bo'lganida sabrli bo'lishimiz lozim, ammo sustkashlikka yo'l qo'ymaslik kerak, chunki bu katta xato bo'ladi. To'g'ri harakat qilish esa katta yordam beradi", dedi 23 yoshli hujumchi.