Ronaldo: «Tan olish vaqti keldi: Messi — barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi»

  • Mr.NoBoDy 17.06.2026 19:11
  • 136
  • 30

Mundo Deportivo nashri sahifalarida Lionel Messi haqidagi fikrlar jamlangan maqola chop etildi. Yulduz argentinalik hujumchi Jahon chempionati doirasida Jazoirga qarshi kechgan bahsda (3:0) xet-trik qayd etdi. Fikrlari keltirilgan afsonalar orasida braziliyalik Ronaldo ham bor.

«Har gal Messi maydonga tushganida, qolgan barcha narsa tarixiy va nafis ko‘rinish oladi. Butun dunyo yashirinishni to‘xtatib, uning barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi ekanligini tan oladigan vaqt keldi», — dedi Ronaldo.

Ronaldo, shuningdek, Lionel Messining xet-trigi bilan bezalgan ushbu futbol oqshomi tarixda abadiy qolishini ta’kidladi.

Argentina terma jamoasi Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар