
JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Argentina Messining xet-trigi evaziga Jazoirni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
"Menda bor narsadan ortig'ini so'ray olmayman. Ko'p marta aytganimdek, buning uchun Xudoga shukr, u menga juda ko'p narsa berdi. Endi eng muhimi - bundan zavqlanish. Men birinchi, ikkinchi yoki uchinchi bo'lishga mukkasidan ketmaganman... O'ylashimcha, tarixdagi eng zo'rlardan biri deb hisoblanish - aqlbovar qilmas kompliment. Bu juda ajoyib. Futbol o'ynaydigan barcha insonlar, kelib-ketgan barcha buyuk futbolchilar orasida... Futbolda eng zo'rlar qatorida bo'lish - aqlbovar qilmas holat. Men eng zo'rlar qatorida ekanimdan baxtiyorman va erishgan barcha yutuqlarim uchun minnatdorman", – dedi Messi.