
O'yinning 31-daqiqasida, hisob Argentina foydasiga 1:0 bo'lib turgan vaziyatda, Messi ortdan kelib, shiplari bilan jazoirlik himoyachi Aissa Mandining boldiriga zarba berdi va raqibini yiqitdi. Uchrashuv bosh hakami Shimon Marchinyak argentinalik futbolchiga hatto sariq kartochka ham ko'rsatmadi, VAR esa aralashmadi. Yakunda "Inter Mayami" futbolchisi ushbu o'yinda xet-trik qayd etdi.
"Bu vaziyatni qanchalik ko'p kuzatsam, bu qizil kartochka ekaniga shunchalik amin bo'lyapman. Avvalroq Lionelning oyog'ini olib qochishga joyi yo'q edi deb aytgandim, lekin o'z so'zlarimni qaytarib olaman. U oyog'ini qanday cho'zganini ko'ryapman. Menimcha, Argentina terma jamoasi o'n kishi bo'lib qolishi kerak edi. Marchinyak qoniqarsiz ishladi. Marchinyakning dunyoning eng yaxshi hakami deb hisoblanishi unga o'z qoidalari bo'yicha hukm chiqarish huquqini bermaydi. U to'rtta yaqqol sariq kartochkani va Lionel Messiga ko'rsatilishi kerak bo'lgan qizil kartochkani ko'rsatmadi. Go'yoki u kartochkalarini kiyinish xonasida unutib qoldirgandek", – dedi Fernandes Radio Marca radiosining Marcador dasturida.