Neymar beshinchi bor ota bo'ldi: u Jahon chempionati-2026 vaqtida qiz farzand ko'rdi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2026 16:56
  • 743
  • 30

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar beshinchi bor ota bo'ldi.

U 2026 yilgi Jahon chempionati davom etayotgan bir paytda qiz farzandli bo'ldi. Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Neymar o'ng oyoq boldir mushagidagi jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Aynan shu jarohat tufayli u Braziliya terma jamoasining JCH-2026 doirasidagi Marokashga qarshi ilk o'yinini (1:1) o'tkazib yubordi. Uning 20 iyun kuni Gaiti terma jamoasiga qarshi kechadigan guruh bosqichi 2-turidagi ishtiroki hozircha so'roq ostida. Biroq, OAV tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Neymar navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Jahon chempionati-2026 uch mamlakat - AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tmoqda. Turnir 11 iyun kuni start olgan va 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар