
O‘zbekiston terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining birinchi turida payshanba, 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
Ekspertlar bo‘lajak o‘yinda Kolumbiya terma jamoasini yaqqol favorit deb hisoblashmoqda. Kolumbiya terma jamoasining g‘alabasi 70,2% ga baholangan, O‘zbekiston terma jamoasining g‘alaba qozonish ehtimoli bor-yo‘g‘i 9,6% ni, durang esa 20,2% ni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 50-o‘rinni egallab turibdi, Kolumbiya milliy jamoasini esa ro‘yxatning 13-pog‘onasidan topish mumkin.