Rustam Ashurmatov Portugaliyani o‘yin uslubi jihatidan juda noqulay raqib deb atadi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 17:44
  • 104
  • 30

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov intervyu berib, guruhdagi jamoalarning o‘yin uslublariga to‘xtalib o‘tdi.

"Uslub jihatidan Kolumbiya va Kongo bizga mos deb aytsam bo‘ladi, chunki biz jismonan kurashga tayyormiz. Portugaliya texnik jihatdan kuchli bo‘lgani uchun ulardan to‘pni olib qo‘yish qiyin bo‘ladi, buni yashirib nima qilamiz. Bunday o‘yinda biz katta jismoniy kuch yo‘qotamiz, lekin hisob-kitob bilan o‘ynasak bu raqib bilan ham natijaga erisha olamiz", dedi himoyachimiz.

O‘zbekiston Jahon chempionatini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 7:00'da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar