"Mundial Allplay bilan". Yosh – shunchaki raqamlarni anglatadi, xolos: Behruz Karimovning Kosonsoydan Jahon chempionatiga qadar bosib o'tgan yo'li

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 11:08
  • 57
  • 30

Har bir buyuk hikoyaning boshlanish nuqtasi bor.

2007 yilda tavallud topgan Behruz Karimovning sportdagi murakkab va sharafli yo'li Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida boshlangan. U oddiy, ammo mehnatkash oilada voyaga etdi. Otasi oila tebratish maqsadida chet elda quruvchi bo'lib ishlar, onasi esa maktabda o'qituvchilik qilardi. Bolalikdan faqat futbolga diqqatini qaratgani uchun Behruz ko'pincha yaqinlaridan uzoqda yashashga majbur bo'ldi.

"Hozirgacha fikr-u xayolim faqat va faqat sportga qaratilgan. Shu bois, oilamdan olisda bo'lishga to'g'ri kelgan, ota-ona sog'inchi meni hamisha qiynaydi".

Behruz 2013 yil, olti yoshida futbolga ilk qadamlarini qo'ydi. Ettinchi sinfga o'tganida esa professional futbolchi bo'lishni o'z oldiga qatiy maqsad qilib qo'ydi. Biroq orzular sari yo'l doim ham bir maromda bo'lavermaydi. Yosh yigitcha "Navbahor U-19" jamoasi safiga qo'shilish istagida ko'rikka borganida, jiddiy tarzda rad javobini oladi. Aynan shu holat uning irodasini tobladi va kelajakdagi yutuqlari uchun eng kuchli motivaciyaga aylandi.

"Navbahor U-19'ga ko'rikka borganimda, yosh bo'lganim uchun yoki boshqa sabablar tufayli qabul qilishni istashmagan. O'shandan beri yosh shunchaki raqamlardan iborat ekanligini isbotlash uchun tinimsiz harakat qilaman".

photo_2026-04-15_19-13-32.jpg

Uning tinimsiz mehnatlari tezda o'z mevasini berdi. Qisqa vaqt ichida u "Surxon" safida O'zbekiston Superligasida debyut qildi, ilk golini urdi va yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogi va Jahon chempionatlarida porladi.

"JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul". Promokodni faollashtirish HAVOLASI

photo_2025-10-12_16-31-43.jpg

Eng muhimi, endigina 18 yoshni qarshi olgan Behruz O'zbekiston milliy terma jamoasining o'z tarixida ilk marotaba ishtirok etayotgan Jahon chempionati uchun mo'ljallangan 26 talik yakuniy tarkibiga kiritildi.

"Jahon chempionatida ishtirok etadiganlar ro'yxati chiqqach... albatta, birinchi bo'lib ota-onamga aytdim... Bu mening eng katta orzum bo'lgan. Futbolga kirib kelgan paytlarim, kun kelib mundialda o'ynash tasavvurimga sig'masdi".

photo_2026-01-26_20-33-17.jpg

Ammo katta musobaqa oldidan uni jiddiy sinov kutib turgan edi. Joriy yilning aprel oyida "Surxon" safidagi o'yinlarning birida uning oyoq barmog'i sinib, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishga majbur bo'ldi va shifokorlar uning ma'lum muddat maydondan tashqarida qolishini aytishdi. Bunday paytda har qanday sportchi ruhiy tushkunlikka tushishi tabiiy edi.

"Jarohatdan so'ng ancha tushkunlikka tushdim, lekin atrofimdagilar qo'llab-quvvatlab, dalda berib turishdi, hozir ahvolim yaxshi. Xudo xohlasa, maydonga qaytishimga oz vaqt qoldi".

502856.jpg

Jarohatni ortda qoldirgan Behruz endilikda terma jamoa ixtiyorida muvaffaqiyatli mashg'ulot o'tkazmoqda. U o'z poziciyasida Ashraf Hakimi va Trent Aleksandr-Arnold kabi yulduzlarga havas qiladi. Milliy terma jamoada esa Rustam Ashurmatov va Abduqodir Husanov kabi kuchli himoyachilar bilan yonma-yon harakat qilish imkoniyati hamda bosh murabbiy Fabio Kannavaroning ishonchi unga qo'shimcha kuch bag'ishlamoqda.

"Fabio Kannavaro futbolni yaxshi tushunadigan murabbiy bo'lgani uchun o'z maslahatlarini berdi. 'Yosh bu – shunchaki raqamlardan iborat ko'rsatkich, xolos, maydonga chiq va o'zingni ko'rsat, menga yoshing muhim emas, harakating muhim', deydi. Bundan tashqari, ortimda Rustam Ashurmatov, Abduqodir Husanov kabi futbolchilar turgani qandaydir motivaciya bo'ladi va qo'rquvni engishga yordam beradi".

"JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul"

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

Ўхшаш янгиликлар