Belgiya terma jamoasi ustozi: "Ikki kuchli jamoa o‘rtasida ajoyib o‘yin guvohi bo‘ldik"

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 11:00
  • 109
  • 30

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya JCH-2026 guruh bosqichi 1-turi doirasida Misrga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuv natijalarini sarhisob qildi.

"Misr darvoza tomon yo‘llagan ilk aniq zarbasidan so‘ng gol urdi, bunday jamoa hisobda oldinga chiqib olganidan keyin esa ularga qarshi o‘ynash yanada qiyinlashadi. Eng muhimi, biz o‘yindan chiqib ketmadik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik va bu tarkibdagi har bir o‘yinchi qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi. G‘alaba qozonish uchun bizda imkoniyatlar bo‘ldi, biroq raqib darvozaboni bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi", — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

1-turdan so‘ng Belgiya va Misr terma jamoalari hisobida bittadan ochko mavjud. Oldinda har ikki jamoani jahon chempionati guruh bosqichining yana ikkitadan uchrashuvi kutmoqda.

Ўхшаш янгиликлар