Kabo-Verde terma jamoasi Ispaniya bilan o'yinda jahon chempionatlari rekordini o'rnatdi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 10:56
  • 65
  • 30

Kabo-Verde terma jamoasi JCH-2026 1-turida Ispaniya milliy terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jahon chempionatlari rekordini yangiladi.

Ispaniya terma jamoasining 74% to'p nazoratiga qaramay, Kabo-Verde butun o'yin davomida bor-yo'g'i bitta fol ishlatdi. OptaJoe nashrining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berishicha, bu jahon chempionatlari uchrashuvlari tarixidagi (1966 yildan beri) eng kam ko'rsatkichdir.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 bahsida Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari 0:0 hisobida durang o'ynashgan edi.

"H" guruhining 2-turida Ispaniya milliy jamoasi Saudiya Arabistoni bilan (21 iyun), 3-turda esa Urugvay bilan (27 iyun) to'qnash keladi. Kabo-Verde esa 2-turda Urugvay (22 iyun), 3-turda esa Saudiya Arabistoni (27 iyun) bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар