Ispaniya nohush ananani davom ettirdi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 07:48
  • 1208
  • 30

Ispaniya terma jamoasi Kabo-Verde bilan durang o'ynab, jahon chempionatlaridagi yevropaliklarning seriyasini davom ettirdi.

Joriy asrda Yevropaning amaldagi chempionlar jahon birinchiliklaridagi o'zlarining ilk uchrashuvlarida biror marta ham g'alaba qozona olishmagan.

JCH-2002: Evro-2000 g'olibi hisoblangan Fransiya terma jamoasi turnirni Senegaldan qabul qilib olingan mag'lubiyat (0:1) bilan boshlagan.

JCH-2006: Yevropada amaldagi chempion bo'lib turgan Gretsiya terma jamoasi ushbu mundialga umuman yo'llanma ololmagan.

JCH-2010 va JCH-2014: Ispanlar dastlabki turlarda mos ravishda Shveytsariya (0:1) va Niderlandiya (1:5) terma jamoalariga imkoniyatni boy berishgan.

JCH-2018: Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining 1-turida Ispaniya bilan jangovar durang (3:3) qayd etgan.

JCH-2022: Evro-2020 g'olibi bo'lgan Italiya terma jamoasi esa Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etmagan

Ўхшаш янгиликлар