Torontoda JCH-2026 o‘yinlari o‘tkazilayotgan joylar yaqinida oltita dron musodara qilindi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 09:00
  • 174
  • 30

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar vaqtida Toronto polisiyasi dronlardan ruxsatsiz foydalanish holatlariga qarshi faol kurashmoqda, deb xabar beradi CTV nashri.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari sport ob’ektlari yaqinida hozirgacha oltita uchuvchisiz uchish apparatini tutib qolishga ulgurishdi.

Tutib qolingan dronlardan birining operatoriga Kanadaning amaldagi aviasiya qoidalarini buzganlik aybi qo‘yildi. Ushbu chora ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlash va shahar hududida dronlarning nazoratsiz uchishi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyun kuni start oldi va 19 iyulga qadar davom etadi.

Ўхшаш янгиликлар