
Eron milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi — 2:2.
Uchrashuv davomida yangi zelandiyaliklar ikki bor hisobda oldinga chiqib olishdi — yarim himoyachi Elayja Jast dubl qayd etdi (7 va 54-daqiqalarda). Eronliklar esa ikkala safar ham muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi: 32-daqiqada himoyachi Ramin Rizoiyan, 64-daqiqada esa Muhammad Mohebi raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Yangi Zelandiya terma jamoasi bir ochko bilan JCH-2026 «G» guruhi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Eron terma jamoasi ham (bir ochko) ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Guruh bosqichining 2-turida Yangi Zelandiya 22 iyun kuni Misr bilan, Eron esa 21 iyunda Belgiya bilan kuch sinashadi.
ERON — YANGI ZELANDIYA — 2:2
Gollar: Elaja Jast 7 (0:1), Ramin Rizoiyan 32 (1:1), Elaja Jast 54 (1:2), Muhammad Mohebi 64 (2:2).
Eron: Beyranvand, Xalilzoda, Nemati, Muhammadi, Rizoiyan, Ezzatollahi, Goddos (Hajsafi, 65), Yusefi (Qoyidi, 46), Mohebi, Taremi (Husaynzoda, 80), Mog‘anlu (Alipur, 53).
Yangi Zelandiya: Krokomb, Boksall, Sarmen, Kakache (Old, 68), Peyn (Elliot, 78), Bell, Stamenich (Bindon, 90), Singx (Rendell, 90), Jast, Makkovatt (Tomas, 68), Vud.
Ogohlantirish: Hajsafi (89).