
Eron terma jamoasi himoyachisi Ramin Rizoiyan JCH-2026 final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yinda (2:2) uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.
36 yoshli futbolchi ushbu bahsda o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun: Bu Rizoiyan uchun jahon chempionatlaridagi 6-o‘yin bo‘ldi. U milliy terma jamoa libosida umumiy hisobda 76 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.