Maksi Arauxo JCHda Diyego Forlanning 24 yillik natijasini takrorladi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 06:33
  • 2301
  • 30

Urugvay terma jamoasi himoyachisi Maksimiliano Arauxo jahon chempionatlaridagi debyut uchrashuvida gol urgan ikkinchi urugvaylik futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijaga 2002 yilgi mundialda Diyego Forlan Senegalga qarshi bahsda erishgan edi. Bu haqda OptaJose X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qildi.

Arauxo JCH–2026 1-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi bahsning 80-daqiqasida hisobni tenglashtirib, o‘z terma jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa u 2002 yildan buyon jahon chempionatidagi debyut o‘yinida gol urgan birinchi urugvaylik futbolchi bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар