Skaloni: «Messining maydonda bo‘lishida hech qanday salbiy jihatni ko‘rmayapman»

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 06:33
  • 30
  • 30

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH–2026 doirasida Jazoirga qarshi bo‘lib o‘tadigan ilk uchrashuv oldidan hujumchi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

«Hamma Messini maydonda ko‘rishni xohlaydi. Biz ham uning o‘yinini kuzatishni istaymiz, chunki u jamoaga juda katta foyda keltiradi. Men uchun bu doimo shunday bo‘lib qoladi. Uning maydonda bo‘lishida hech qanday salbiy jihatni ko‘rmayapman.

U turli vaziyatlarga duch kelgan, ammo har doim biz bilan birga bo‘lgan va jamoamiz uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Hozir u ajoyib sport formasida», — dedi Skaloni Footmercato nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulga qadar bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Guruh bosqichida Argentina terma jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар