
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JCH–2026 guruh bosqichining 2-turida Gaitiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Raisa Simplisio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi ayni paytda shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi, biroq jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda davom etmoqda.
Neymar boldir mushaklaridagi jarohatdan tiklanmoqda. Shu sababli u JCH–2026 guruh bosqichining 1-turida Marokashga qarshi uchrashuvda (1:1) maydonga tushmagan edi.
Guruh bosqichining 3-turida besh karra jahon chempionlari 25 iyun kuni Shotlandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
JCH–2026. "C" guruhi, 2-tur
20 iyun, 2026 yil
Braziliya — Gaiti