JCH-2026da Osiyo jamoalari yutqazmayapti. Saudiya Arabistoni Urugvay bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 05:22
  • 63
  • 30

JCH–2026 "H" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida joylashgan «Xard Rok» stadionida bo‘lib o‘tdi. Italiyalik Maurisio Mariani bosh hakam sifatida ishlagan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.

Uchrashuvning 41-daqiqasida Saudiya Arabistoni hisobni ochdi. Burchakdan berilgan uzatmani osiyoliklar futbolchisi bosh bilan darvozaga joyladi. Urugvaylik darvozabon qaytargan to‘pni himoyachi Abdulloh Al-Amri darvzaga joylab qo‘ydi.

Urugvay terma jamoasi esa 80-daqiqada himoyachi Arauxo Vilches tomonidan kiritilgan gol evaziga muvozanatni tikladi.

2-turda Saudiya Arabistoni 21 iyun kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini esa 27 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘tkazadi.

Urugvay terma jamoasi esa 22 iyun kuni Kabo-Verde bilan kuch sinashadi, 27 iyun kuni esa Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.

JCH–2026. "H" guruhi, 1-tur
16 iyun, 2026 yil
Saudiya Arabistoni — Urugvay — 1:1
Gollar: Al-Amriy (41) — Arauxo Vilches (80).

Ўхшаш янгиликлар