Kilian Mbappe JCH to‘purarlari rekordini yangilash imkoniyati haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 21:22
  • 1720
  • 30

Fransiya milliy terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionatlarida Germaniya terma jamoasining sobiq forvardi Miroslav Klozega tegishli bo‘lgan rekordni yangilash imkoniyatlari qay darajada ekanligi haqida gapirdi. Hozirgi kunda Kloze hisobida 16 ta gol mavjud bo‘lsa, 27 yoshli Kilianda bu ko‘rsatkich 12 tani tashkil etadi.

“Hamma faqat shu haqida gapiryapti. Ammo hayotimda birinchi marta qandaydir rekord menga erishib bo‘lmasdek tuyulmoqda. 27 yoshimda va ikkita Jahon chempionatidan so‘ng turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib turganimni o‘ylashning o‘zi aql bovar qilmas holat.

Ammo shuni yaxshi bilamanki, Jahon chempionatida g‘alaba qozonishdan ko‘ra kuchliroq his-tuyg‘u yo‘q. Shu sababli mening asosiy maqsadim — Fransiya terma jamoasiga uchinchi yulduzni olib kelish, uyga Kubok bilan qaytish va muxlislarimizga unutilmas yozni hadya qilishdir. Jahon chempionatlarining eng yaxshi to‘purari bo‘lish esa... Bu — tarixda mangu qolish demakdir”, deya fikr bildiradi 27 yoshli hujumchi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining guruh bosqichida Fransiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va Iroq bilan kuch sinashadi. Fransuzlar turnirdagi o‘zining dastlabki uchrashuvini 16 iyun kuni Senegal terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар