Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Oyarsabal JCHda antirekord o‘rnatdi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 22:44
  • 2390
  • 30

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal JCH–2026 doirasida Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi kechayotgan uchrashuvda jahon chempionatlari tarixidagi antirekord muallifiga aylandi.

Bahs AQSHning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium»da bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda hisob hozircha ochilmagan — 0:0.

Oyarsabal jahon chempionatlari tarixida o‘yinning dastlabki 30 daqiqasi davomida to‘pga biror marta ham tegmagan ilk futbolchiga aylandi.

Ўхшаш янгиликлар