Belgiya - Misr: JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi o'yin uchun jamoalarning boshlang'ich tarkiblari ma'lum

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 23:08
  • 193
  • 30

16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining G guruhi 1-turidan o'rin olgan Belgiya va Misr terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

Uchrashuv AQSHning Sietl shahridagi "Lyumen Fild" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvni braziliyalik bosh hakam Ramon Abatti boshqarib boradi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Belgiya: Kurtua, Myone, Ngoy, Kastan, Mexele, Onana, Tilemans, De Bryoyne, Trossard, Doku, De Ketelare.

Misr: Shobeyr, Xani, Ibraxim, Abul-Fetux, Lashin, Attiya, Ashur, Fati, Salax, Marmush, Ziko.

G guruhining 2-turida Belgiya terma jamoasi Eron (21 iyun), 3-turida esa Yangi Zelandiya (27 iyun) bilan to'qnash keladi. Misr terma jamoasi 2-turda Yangi Zelandiya (22 iyun), 3-turda esa Eron (27 iyun) bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар