
Uchrashuv AQSHning Atlanta shahridagi "Mersedes-Benc Stedium" stadionida bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvni iordaniyalik bosh hakam Adham Muhammad boshqarib bormoqda. Hisob - 0:0.
Oyarsabal Jahon chempionatlari tarixida o'yinning dastlabki 30 daqiqasi davomida biror marta ham to'pga tegmagan birinchi futbolchiga aylandi.
Futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi jahon birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan to'qnash kelgan. O'yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar ustun kelgan (4:2).