
"Anchelottining birinchi jahon chempionati bo'lishiga qaramay, u bosim ostidagi vaziyatlarda, echim topish kerak bo'lgan murakkab holatlarda katta tajribaga ega. Ishonamanki, u bu vaziyatdan ham chiqish yo'lini topadi.
Jahon chempionati birinchi o'yinda yutilmaydi. Yaqinda Argentina terma jamoasi birinchi o'yinda mag'lub bo'lib, keyinchalik turnirda g'olib chiqqanini misol qilishimiz mumkin. Jamoada tayyorgarlik ko'rish, xatolarni to'g'rilash va ikkinchi o'yinda ancha yaxshiroq o'ynash uchun vaqt bo'ladi", – dedi sobiq futbolchi.
Kaka, shuningdek, vinger Vinisiusning jamoadagi roli haqida ham to'xtalib o'tdi.
"O'zim o'ynagan paytlarim matbuotni kuzatardim. Menga yo'llangan tanqidlarni takrorlanmasligi uchun motivaciya sifatida qabul qilardim.
Vini doimo savol ostiga olinadi, tanqid qilinadi va maqtaladi. U dunyodagi eng katta klub – "Real" va eng buyuk terma jamoa – Braziliya sharafini himoya qilayotganini tushunishi kerak.
U bu mas'uliyatni xotirjamlik bilan qabul qilishi va jamoa yetakchilaridan biri ekanini anglab yetishi lozim. U tanqidlardan qochib qutula olmaydi va o'z burchlaridan ham bosh torta olmaydi.
Ishonamanki, ushbu Jahon chempionatida Vini o'zining haqiqiy qiyofasini va to'p bilan nimalarga qodir ekanini ko'rsatadi.
U g'ayratga to'la, o'ziga ishonchi baland – men u bilan muntazam muloqot qilaman.
Unga omad tilayman, chunki u muhim sovrinni yutishga harakat qilayotgan ushbu jamoaning asosiy figuralaridan biri", – dedi Kaka.