
AQSH Prezidenti Donald Trampga turnir g‘olibiga aylangan jamoaga kubokni topshirish vaqtida jahon chempionati protokolini buzishga ruxsat beriladi, deb xabar bermoqda talkSPORT.
Trampga 2026 yilgi jahon chempionati g‘olibiga kubokni shaxsan topshirish va bayram tantanalari vaqtida jamoa yonida qolish-qolmaslikni o‘zi hal qilishiga izn beriladi. O‘tgan yozda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham xuddi shunday taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan va o‘shanda Tramp kubokni «Chelsi» jamoasiga topshirgan edi.
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda.